Uşbu klasterning umumiy yer maydoni 11 ming gektardan ziyod. Şuning 4 ming 870 gektarida ğalla yetiştirilmoqda. Bu yil Rossiya Federatsiyasidan kasalliklarga çidamli ğalla navlari keltirib ekilgan. Gektariga 80 sentnerdan hosil oliş kutilyapti.

Davlat rahbari kombaynni boşqarib, ğalla ördi.

4 ming 656 gektarda paxta qöşqator ekilgan. Kaliforniya usulida suğoriş natijasida suv sarfini 50 foizga tejaşga erişilmoqda.

Prezident soha mutaxassislari bilan suhbatda paxtani qöşqator usulda ekişni janubiy hududlarda ommalaştiriş va bu orqali yuqori hosil oliş mumkinligini qayd etdi.

Klasterda sabzavot va dukkakli ekinlar ham yetiştiriladi.