Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosobati bilan bir guruh madaniyat, san'at, tibbiyot va OAV vakillari mukofotlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mustaqilligimizning 25 yilligi munosobati bilan bir guruh madaniyat, san'at, tibbiyot, OAV va ijtimoiy soha vakillarini mukofotlaş haqida qaror imzoladi. Bu haqida ÖzA xabar berdi.
“Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlaş, milliy ğoyani rivojlantiriş, ma'naviyatimizni tiklaş, özligimizni anglaş yölida katta hissa qöşgan, yorqin iste'dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoşlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida soğlom va barkamol etib tarbiyalaş hamda jamoat işlaridagi faol iştiroki uçun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin”, — deyiladi qaror matnida.
“Özbekiston Respublikasi San'at arbobi” unvoni bilan:
Faxriddinov Zayniddin Ramziyeviç - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, rangtasvirçi rassom
Slonim Andrey Yevseyeviç - Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatri sahnalaştiruvçi rejissyori
“Özbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan:
Aşurova Zuhra Jörayevna - Özbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Zokirova Gavhar Akmalovna - Özbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Şaripov Abibulla Nagmetoviç - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri boş baletmeysteri
“Özbekiston Respublikasi xalq baxşisi” unvoni bilan:
Xöjamberdiyev Şodmon Egamberdiyeviç - Surxondaryo viloyati Şerobod tumani madaniyat va aholi dam oliş markazi mutaxassisi, baxşi
“Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist” unvoni bilan 13 san'at arbobi taqdirlandi.

















