Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanovning jinoyat işi materiallariga tayanib, xabar berişiça, 31 yoşdagi fuqaro Telegram ijtimoiy tarmoğidagi «Blogerlar birlaşmasi» nomli guruhga a’zo bölib, mazkur guruhda Özbekiston Respublikasining sobiq hamda amaldagi prezidentlarini haqoratlovçi va obrösizlantiruvçi mazmunda töğridan töğri videomateriallar e’lon qilgan.
Sud-lingvistik ekspertiza xulosasiga köra, mazkur materiallar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismida (Özbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlaş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikni ifodalaydi. Ayblov xulosasiga köra, fuqaro mazkur jinoyatni oğirlaştiruvçi, ya’ni mast holatda takroran sodir etgan.
Mazkur ma’lumotni tasdiqlagan Xorazm viloyati sudi matbuot xizmati hukm qonuniy kuçga kirişi uçun 20 kunlik muddat berilgani, javobgar taraf apellyatsiya şikoyati bermoqçiligini bildirdi.
2021 yil aprel oyida YouTube va Facebook tarmoqlaridagi profillari orqali Özbekiston prezidentini haqoratlab, davlat rahbarining obrösiga putur yetkaziş va kamsituvçi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelgan Baxmal tumanida yaşovçi V.K.ga nisbatan DXX Jizzax viloyat boşqarmasi tomonidan JK 158-moddasi 3-qismi jinoyat işi qözğatilgan edi. V.K. keyinçalik sud tibbiyot ekspertizasi tomonidan aqliy nosoğlom deb topilib, Samarqand şahridagi 1-sonli psixatriya şifoxonasiga majburiy davolaş uçun yuborilgan.
Eslatib ötamiz, 2021 yil 30 mart kuni Jinoyat kodeksining 158-moddasiga kiritilgan qöşimçaga asosan Özbekiston prezidentini internetda haqoratlaş yoki unga tuhmat qiliş 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.












