Jizzax viloyati Baxmal tumanida Özbekiston prezidentini internetda haqoratlagan şaxsga nisbatan jinoiy iş oçildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 1969 yilda Baxmal tumanida tuğilgan fuqaro V.K internetning YouTube va Facebook tarmoqlarida «V.K» (nomi qisqartirilgan) profillar oçib, uşbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali töğridan töğri çiqişlar qilgan.

U öz çiqişlarida prezident rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlarni keng jamoatçilikka notöğri talqin qilib, Özbekiston prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarining obrösiga putur yetkaziş va kamsituvçi ma'lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotgani holati aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (Özbekiston prezidentini internet butunjahon axborot tarmoğidan foydalangan holda haqoratlaş yoki unga tuhmat qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avvalroq Özbekistonda prezidentini internetda haqoratlaş yoki unga tuhmat qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilangani, blogerlar va sayt egalariga axborot tarqatişda qöyilgan talablar kuçaytirilgani hamda ommaviy tartibsizlik va zöravonlikka da'vat qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilangani haqida xabar berilgandi.