2025 yil 1 yanvardan umumta’lim maktablaridagi ona tili va adabiyot, tarix fanlaridan dars beruvçi va milliy sertifikati bölgan öqituvçilarga ularning ta’rif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qöşimça ustama tölanadigan böldi. Bu haqda prezidentning 2024 yil 21 fevraldagi farmoni e’lon qilingandi. Tartib kuçga kiriş arafasida rus sinflari uçun özbek tilidan dars beruvçi öqituvçilar orasida norozilik paydo böldi. Ularning bir guruhi Kun.uz’ga ham murojaat yöllagan. Unda özbek tili öqituvçilariga ham 50 foizlik ustama joriy qilinişi söralgan. Bunga asos qilib özbek tili öqituvçilarida ham milliy sertifikat borligi va ular ham öquvçilarga davlat tilini örgatayotgani aytilgan. Ularning ayrimlari quyidagiça:

– Davlat tili uçun alohida milliy sertifikat yöq. Ular ham ona tili öqituvçilari bilan birga kirib ular yeçgan testni bajarib çiqyapti, aslida bu iş ular uçun qiyin. Ona tili va adabiyot fani alohida, özbek tili alohida deb qaraladigan bölsa, nega şu paytgaça ona tili va adabiyoti qatori ularga ham 20 foiz ustama bir xil tölab kelindi?

– Biz ham davlat tili rivoji uçun hissa qöşyapmiz-ku. Bizning fandan alohida soddalaştirilgan milliy sertifikat imtihoni yöq, barçasi umumiy. Imtihon topşirayotganimizda bizni ikkiga ajratişmadi. Bularga osonroq savol tuzaylik, bular mumtoz adabiyotdan dars bermaydi, faqat grammatika ötişadi deyilmadi. Nega endi tölaşga kelganda döppilari torlik qilyapti?! Nega öqituvçining ming maşaqqat bilan topgan halol puli közlariga köp körinaveradi?

– Özbek tilining maqomini şu yurtda yaşovçi boşqa millat va elatlar orasida oşirsakkina, ularda millat va davlatga nisbatan hurmat uyğonadi. Çunki millatga bölgan hurmatning ilk belgisi ularning tilida sözlaşdir. Bu yölda özbek tili fani öqituvçilarining mehnati ayniqsa muhim. Boşqa millat vakillari davlat tilida gapirişni, yozişni, öqişni, aynan özbek tili darslari orqali örganişadi. Özbek tili ustozlarining mehnati munosib baholanmay, ularni ayirib, milliy sertifikatga past foiz berilişi bu töğridan töğri öz tiliga, qadriyatlariga behurmatlik deb hisoblayman.

Bu tartib nega özbek tili öqituvçilariga amal qilmasligi tuşunarsiz ekaniga ona tili öqituvçisi, ta’lim böyiça mutaxassis Şokir Tursun ham