O‘zbekiston | 16:38 / 24.05.2023
19934
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur prezidenti Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- O‘zbekiston hukumati va Singapur hukumati o‘rtasida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Singapur Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- O‘zbekiston Adliya vazirligi va Singapur Adliya vazirligi o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Singapur turizm boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur turizm agentliklari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Singapur hamkorlik agentligi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi qo‘shma faoliyat to‘g‘risida hamkorlik bitimi;
- O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Singapur Biznes federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.
Mavzuga oid
20:19
2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshiriladi
18:47
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
19:53 / 11.12.2024