Joriy yilning 22 sentabr kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi deputati Olimjon Töxtanazarov Çust şahri markazida arizaçidan 500 AQŞ dollarini olgan vaqtda, aşyoviy dalil bilan uşlangandi.

«Özbekiston 24» telekanalining maxsus reportajida deputat nega pora talab qilganini aytib ötdi.

«Bu ayolning işonçiga kirib turib, öşa pulni olib, özimning oilaviy ehtiyojimga işlatmoqçi edim. Çin köngildan puşaymonman», - dedi deputat.

Mazkur holat yuzasidan O.Töxtanazarovga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olimjon Töxtanazarov Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi a'zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi deputati, ÖzMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor bölib işlagan. Uşbu deputat ijtimoiy tarmoqlarda faol bölib, jamiyat hayotidagi muammolar böyiça, xususan, korrupsiya masalasida özining fikrlarini bildirib kelardi.