Umidjon Barnoyev Romitan tumaniga hokim bo‘ldi
Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi Xurshid Tohirov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Ushbu lavozimni Umidjon Barnoyev egalladi.
Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, xalq deputatlari Romitan tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov tomonidan tuman hokimi Xurshid Tohirovni lavozimidan ozod qilish haqidagi qaror o‘qib eshittirilgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Xurshid Tohirov Qorako‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlanishi kutilyapti.
Tohirov 2019 yil martidan buyon Romitanga hokimlik qilib kelayotgandi.
Romitan tumani hokimi lavozimiga Umidjon Barnoyev tayinlandi. U 2016-2020 yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020 yil fevralida bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, 2020 yil sentabr oyida vafot etgan O‘ktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.
Umidjon Barnoyev — 1970 yil 12 iyulda Romitan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti - oliy. 1996 yilda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya) institutini hamda 2000 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — muhandis-mexanik, huquqshunos. U 2020 yil noyabridan buyon Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mehnat faoliyatini 1998 yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Faoliyati davomida Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi (2004−2013), «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018) sifatida ishlagan.
2018−2020 yillarda esa «Safari Vogue» innovatsion turizm klasteri direktor o‘rinbosari, 2020 yildan mazkur MChJning bosh direktori lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024