Milliy gvardiya qömondonining jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça birinçi örinbosari I.Ibragimov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Farğona viloyatidagi yiğilişda prezident jamoat joylarida tinçlikni ta’minlaş masalalariga alohida töxtaldi.
Milliy gvardiyaga qöşimça vakolat berilib, park, xiyobon va bozorlarda jamoat tartibini saqlaş uşbu tuzilma zimmasiga yuklandi.
Lekin bozorlarni «jinoyatdan xoli hudud»ga aylantiriş borasida Milliy gvardiyaning faoliyati qoniqarli emasligi ta’kidlandi.
Şu yilning özida Milliy gvardiya mas’ul bölgan hududlardagi 236 ta jinoyatning 86 foizi aynan bozorda sodir etilgan.
«Umuman, Milliy gvardiya javobgarligi ostidagi hududlarda jinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça tizim yaratilmagani körsatilib, Milliy gvardiya qömondonining jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça birinçi örinbosari I.Ibragimov lavozimidan ozod etildi», deyiladi xabarda.
Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagani uçun Milliy gvardiyaning Jizzax va Surxondaryo viloyatlari boşliqlari (Anvar Ibrohimov va Şarofiddin Saidov) hamda Navoiy şahar qöriqlaş bölimi boşliğini işdan böşatişga körsatma berildi.
- Inomjon Ibragimov 2005 – 2017 yillarda Mudofaa vazirligi harbiy qismlar va birlaşma komandiri bölgan, 2017-2018 yillarda Milliy gvardiya Markaziy devoni işlar boşqarmasi boşliği sifatida işlagan, 2021 yil noyabrida Milliy gvardiya qömondonining jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça birinçi örinbosari etib tayinlangandi.













