Radarlar örnatilgan ayrim hududlarda qonunçilikka amal qilinmayotgani, zarur yöl belgilari örnatilmagani kabi kamçiliklar, asossiz jarimalarning qöllanilayotgani jamoatçilikning haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda. Masalani tahliliy örganiş maqsadida Özbekiston Xalq demokratik partiyasining bir guruh deputatlari joylardagi vaziyatni örgandi. Çindan ham vaziyat jiddiy.   

2018 yil davomida foto va video maxsus vositalar orqali 621 355 ta qoidabuzarliklar böyiça jami 208,4 mlrd sömlik jarimalar belgilangan bölsa, 2019 yilda 1 227 844 ta holatda 481,8 mlrd sömlik, 2020 yilda esa 1 763 691 ta holatda 724,6 mlrd sömlik jarimalar qöllanilgan. Bu 2018 yilga nisbatan aholi tomonidan tölangan jarima summasi miqdori keskin oşganini körsatadi.

E'tibor bering, takror va takror radarga tuşgan haydovçi “belni bukib yuboradigan” jarimalardan çöçib, keyingi safar qoidani buzmaslikka harakat qiladi. Ammo haydovçini çalğitiş maqsadida radar va kamera vositalarining qonunga zid tarzda “pana-pastqam” joylarga örnatilişi, oqibatda jarimalarning yozilişi yurtdoşlarimiz hamyoniga oğir yuk bölib tuşayotganini hammamiz körib, bilib turibmiz.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi taqdim etgan ma'lumotlar tahlili ham şuni körsatmoqdaki, transport vositalari haydovçilarining foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali aniqlangan yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun rasmiylaştirilgan ma'muriy qarorlardan norozi bölib sudga şikoyat qiliş holatlari ham köpçilikni taşkil etmoqda.

E'tiborli jihati, murojaat qilganlarning aksariyatini şikoyati sud tomonidan qanoatlantirilgan. Xususan, 2020 yil davomida 19 134 ta şu soha böyiça sudlarda körilgan işlarning 89,2 foizi, ya'ni 17073 tasi qanoatlantirilgan bölsa, 5778 ta iş böyiça işni yuritişni tugatiş töğrisida qaror qabul qilingan. 2021 yilning  birinçi çoragida jami 3481 ta körilgan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlardan 2 612 tasi yoxud 75 foiz işlar qanoatlantirilgan. Demak, körilgan işlarning 75-80 foizida haydovçilar haq bölib çiqyapti.

Bundan körinadiki, yöllarda örnatilgan foto va video moslamalarining aksariyati qonunga yoki qoidalarga xilof tarzda işlatilmoqda. Natijada radarlarga tuşayotgan minglab, yuz minglab yurtdoşlarimiz asossiz ravişda jarima tölab yurgan bölişi mumkin. Bu holat tirikçilik ilinjida yurtimizning u burçagidan bu burçagiga qatnayotgan vatandoşlarimizning daromadlaridan mahrum qilib, ijtimoiy muammolarning ortişiga sabab bölayotgani fakt.

Şunday ekan, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi noqonuniy amaliyotlarga çek qöyiş vaqti keldi, deb hisoblaydi. Qonunga zid ravişda fuqarolarni jarimaga tortiş, ularning huquq va manfaatlariga daxl qiliş jahon hamjamiyatida demokratik qadriyatlarni hurmat qiluvçi mamlakat sifatida mustahkam örin olayotgan respublikamiz obrösiga töğri kelmaydi. Yuqoridagi fakt va raqamlar ham har qanday kişini taşvişga solmay qöymaydi. Bu xavotirli holat.