Endilikda Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabalari 2-kursni tamomlab, öqişini AQŞdagi Pitsburg universitetida davom ettirişlari mumkin. Universitetlar bu borada maxsus «2+2» dasturini işlab çiqdi.

2 noyabr kuni ayni mavzuda tomonlar örtasida onlayn muloqot bölib ötdi. Unda rasmiylar bilan birga Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ham iştirok etdi.

Onlayn muloqot davomida talabalarga «2+2» dasturining mazmun-mohiyati, Pitsburg universitetiga kiriş şartlari va talablari hamda öqiş davomida va öqişni tamomlagandan keyingi imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollar böyiça ham javob olişdi.

Pitsburg davlat universiteti vakilining aytişiça, talabalar öqişni tamomlab, AQŞning nufuzli kompaniyalarida işlaş imkoniyatiga ham ega bölişadi.

«Çet ellik talabalar diplomini qölga kiritganlaridan söng, AQŞda 3 yil davomida talabalik vizalari bilan nufuzli kompaniyalarda işlaşlari mumkin. Har yili Pitsburg davlat universiteti “job fair”, ya'ni mehnat yarmarkalari bölib ötadi. Ularda 200ga yaqin mahalliy kompaniyalar Pitsburg universitetini yaxşi baholar bilan bitirgan talabalar bilan mehnat şartnomalarini tuzib, öz kompaniyalariga olib ketişadi», – deydi universitet vakili.

Turin politexnika universiteti rektori Jamşid Inoyatxodjayevning aytişiça, endilikda talabalar AQŞning nufuzli universitetlarida öz malaka va tajribalarini oşirib, maşinasozlik böyiça yetakçi mutaxassisga aylanişadi.

«Uşbu dastur 2018 yilning may oyida Pitsburg davlat universiteti va Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti örtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida işlab çiqildi.

Endilikda, talabalarimiz 2-kursni yakunlab, öqişni AQŞda davom ettirişlari mumkin. Bu – bizning katta yutuğimiz. Çunki endilikda talabalarimiz maşinasozlik sohasida öz bilim va tajribalarini oşirib, kelajakda Özbekistonda maşinasozlik rivojiga öz hissasini qöşadi degan umiddamiz», – deb ta'kidladi universitet rektori Jamşid Inoyatxodjayev.