Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida ötgan bu galgi uçraşuvda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan, kuzatuvçi davlat rahbari sifatida Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikoviç qatnaşdi.

Taklif etilgan davlat rahbarlari sifatida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ham iştirok etdi. Sammitda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari körib çiqildi.

Şavkat Mirziyoyev öz nutqida Özbekiston YeOII huzuridagi kuzatuvçi davlat sifatida birlaşmaning tadbirlarida faol iştirok etayotganini qayd etdi.

2022 yilda Özbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 23 foizga köpaygan. Barqaror ösiş sur’ati joriy yilda ham kuzatilmoqda. Özbekiston savdo tartibotlarini soddalaştiriş böyiça hamda transport, qişloq xöjaligi, ekologiya va turizm sohalaridagi alohida dasturlar va tarmoq loyihalarida iştirok etmoqda.

“Global xavf-xatarlar, transport-logistika zanjirlarida jiddiy uzilişlar, oziq-ovqat taqçilligi va energetik xavfsizlik tahdidlari va boşqa muammolar kuçayib borayotgani mamlakatlarimiz barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining birinçi galdagi vazifalarini hal etiş uçun yaqin hamkorlikni yanada muvofiqlaştirişni taqozo qilmoqda”, – dedi Mirziyoyev.

Prezident mintaqaviy savdo aylanmasini tubdan oşiriş uçun savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş va zarur şart-şaroitlarni yaratiş böyiça birgalikdagi işlarni davom ettiriş muhimligini aytdi. Texnik tösiqlarni bartaraf etiş va sertifikatlarni özaro tan oliş töğrisidagi bitimning qabul qilinişi bunga xizmat qiladi.

Özbekiston prezidenti bojxona ma’muriyatçiligi, sanitar, fitosanitar va veterinar nazorat hamda tovarlarning kelib çiqişini sertifikatlaşning elektron platformalari va onlayn tizimlarini integratsiya qiliş muhimligini körsatdi. Bu taşabbusni amalga oşiriş mexanizmlarini işlab çiqiş uçun ekspertlar darajasida batafsil maslahatlaşuvlar ötkaziş taklif qilindi.