Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Xalqaro press-klubning Farğona viloyatiga bağişlangan sonida Özbekistondagi işsizlik darajasi haqida ma'lumot berdi.

«Barça davlatlarga pandemiya özining salbiy ta'sirini körsatdi. Özbekistonda ham pandemiyadan oldin işsizlar soni örtaça 1 million 350 mingga yaqin edi, pandemiya boşlangaç qator korxonalar faoliyati töxtatildi va işsizlar soni qariyb 2 millionga yaqinlaşdi», deya statistik ma'lumotlarni ma'lum qildi vazir.

Ta'kidlanişiça, bu raqamlardan taşqari mehnat muhojirlariga tegişli statistikalar ham mavjud. Ayni paytda Özbekistonda 550 mingga yaqin fuqaro boşqa davlatlarga işlaş uçun çiqib keta olmagan.

«Ular bir neça yillar davomida boşqa davlatlarda işlab kelişgan va qöllarida hunari, kasbi bor. Oldimizda turgan vazifa esa şunday fuqarolarning bandligini ta'minlaşdan iborat.

Ijtimoiy soha obektlarini quriş uçun Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasidan 3,6 trillion söm mablağ yönaltirilgan. Har bir viloyatda 50-60ta ijtimoiy soha obektlari qurilişi boşlandi», dedi Nozim Husanov.

Vazirning qayd etişiça, hududlardagi Bandlik markazlari orqali çetga çiqib keta olmagan mehnat muhojirlari yaşab turgan hududlarida qurilayotgan obektlarga öz kasblari böyiça işga jalb qilinmoqda.

«Şuningdek, Toşkent şahri viloyatlar bilan ham boğlangan. Masalan, ötgan oyda Sergeli tumanidagi qurilayotgan binolarga 1,5 mingga yaqin mehnat muhojirlarini qonuniy tarzda işga oldik. Ular hozir 1,5 millon sömdan 4,5 milliongaça oylik maoş olyapti», deya qöşimça qildi vazir.