Milliy malaka ramkasi tasdiqlandi. Ta'limda qanday özgarişlar kutilyapti?
|13:21 / 02.06.202034 50310 min
Hozirda Özbekistondagi kollejni tugatgan kadr xorijda diplomiga mos iş topa olmaydi. Milliy malaka ramkasi bunga yeçim bölişi aytilmoqda. Bundan taşqari, çet el diplomlarini tan oliş soddalaşişi; sartaroş, oşpaz kabi noformal malakaga ega kasb egalariga rasmiy malaka hujjati berilişi kutilmoqda.
Foto: PhotoXpressFoto: PhotoXpress
May oyida Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va könikmalarni rivojlantiriş milliy tizimi faoliyatini taşkil etiş çoralari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan Milliy malakalar ramkasi hamda Kasbiy malakalar, bilim va könikmalarni rivojlantiriş milliy tizimi töğrisidagi nizom ham tasdiqlandi.
Uşbu qaror bilan qator muammolarga yeçim topilişi aytilmoqda: Özbekistonda kasb-hunar ta'limini tugatganlarning qölida diplomi böla turib, xorij davlatlarida mutaxassislik böyiça işlay olmasliklari, kadrlarning mehnat bozorida mos örin egallay olmasliklari kabi holatlarga barham berilişi nazarda tutilgan.
Kun.uz muxbiri milliy malaka ramkasining tasdiqlanişi bilan ta'lim va mehnat bozorida qanday özgarişlar bölişi kutilayotgani haqida Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği Uluğbek Taşkenbayevdan intervyu oldi.
Oldin va bundan keyin: farq nimada?
– Milliy malakalar ramkasi malakalarni tuşuniş va soliştirişni osonlaştiradi, malakalarni tartibga solişga yordam beradi. Ya'ni ta'limning qaysi darajasida qanday malakaga ega böliş lozimligini körsatadi.
Şu paytga qadar bizda malakani tartibga soladigan tasniflagiç bölmagan. Tasniflaşda diplom yoki sertifikat egasining bilim, malaka va könikmasi hisobga olinadi.
Bu birinçi navbatda ta'lim beruvçilar uçun yengillik böladi. Ular malaka darajalariga köra, özlarining xizmatlarini kengaytirişi, muqobil xizmat turlarini taklif etişi mumkin.
Şuningdek, milliy malaka ramkasi ta'lim oluvçilar uçun muhim ahamiyatga ega. Sababi hamma davlatning öziga xos milliy malaka tasniflagiçi bor. Davlatlar kvalifikatsiyalarni baholaşni bir xil qolipga keltiriş uçun öz milliy malaka ramkalarini qabul qila boşlagan.
Masalan, Özbekistonda berilgan milliy kvalifikatsiyani (malakani tasdiqlovçi diplom yoki sertifikatni) qaysidir çet davlat iş beruvçisi körib, şunga binoan talabgorga iş berişi mumkin bölişi uçun milliy malaka ramkasi kerak.
Yangi tizim iqtisodiy mobillikni ta'minlaşi kerakligiga ham umid qilinmoqda, ya'ni işçi kuçi mehnat bozori özgarişlariga öz vaqtida moslaşib keta olişi kerak.
«Özbekiston diplomi bilan çet elda iş topiş osonlaşadi»
Mavzuga oid
– Oldin bizda kvalifikatsiya töğrisida hujjat berilgan bölsa-da, ta'lim olgan şaxsning bilim, malaka, könikmasi qaysi darajada ekani haqida körsatilmagan.
Aytaylik, payvandçilik kasbining ham bir neçta darajalari bor. Lekin bizda umumiy tarzda «payvandçi» deb yozilgan hujjat berilgan. Bu esa şu diplomga ega şaxsning çet elda kvalifikatsiyasiga mos iş topişida qiyinçiliklarga duç kelişiga sabab bölgan. Sababi – çet davlat iş beruvçilari Özbekiston ta'lim tizimi bilan taniş emas.
Agar biz kadrlarni milliy malaka ramkasi asosida «payvandçi»likning turli darajalariga öqitsak, iş beruvçilar uning qanday malaka, bilim, könikmaga ega ekanini bilişi mumkin. Çunki har bir davlatning milliy malaka ramkalari muvofiqligi jadvali bor. Unga soliştirib, iş beruvçi iş sörab kelgan xodimning qölidan nima kelişini bilib oladi va iş beriş-bermaslikni hal qiladi.
«Çet eldan olib kelingan diplomlarni tan oliş tizimi soddalaşadi»
– Bundan taşqari, çet eldan olib kelingan diplomlarni ham tan oliş tizimi soddalaşadi. Çunki xorijda olingan diplomning malaka darajasi bizdagi qaysi darajaga tuşişi aniqlaşadi.
Xorijda oliy ta'lim beradigan kollejlar ham bor. Ularni tugatib kelganlarning hujjati ayrim hollarda kollejniki bilan tenglaştirib qöyilardi. Endi bu muammo bölmaydi. Kollejda öqib olingan bölsa-da, hujjat milliy malaka ramkasining 5-darajasiga mos kelsa, öz-özidan oliy ta'lim darajasiga tenglaştiriladi.
«Öz ustida işlaşga imkon berilyapti»
– Bundan taşqari, şu paytga qadar kvalifikatsiya töğrisida hujjat olgan şaxs yana öz malakasini oşirişni xohlasa, bu muammo edi. Sababi diplomda malakaning qaysi darajasini tugatgani aniq körsatilmagan. Bu esa qanday qilib va qayerda malaka oşirişi mumkinligini söroq ostida qoldirgan.
Milliy ramka tasdiqlanişi bilan ta'limni tugatgan odam keyingi bosqiçda qaysi jihatdan malaka oşirişi lozimligini bilib oladi va ta'lim beruvçilar ham şunga asoslanib, öz işini taşkil qiladi, xizmatlarini taklif qiladi.
«Noformal ta'limga formal hujjat beriş mumkin böladi»
– Bizda köpçilik kollejlarga borib emas, hunarmandga şogird tuşib, turli kasblarni egallaşadi. Masalan, çilangar bölişni xohlagan odam 6 oy çilangarlik ustaxonasida, sartaroş bölişni xohlagan yoş esa sartaroşxonada işlab, hunarni özlaştiradi. Demak, ular sartaroş va çilangar malakasiga ega bölişadi, faqat noformal tarzda.
Noformal ta'limga esa diplom bera olmaymiz, ular qaçon kollej, institutda öqisa, diplom olişlari mumkin böladi. Şuning uçun malakaga ega bölsa-da, qölida hujjati yöqligi uçun noformal tarzda malakaga ega bölganlar mehnat bozorida tengsizlikka duç kelayotgan edi.
Endi milliy malaka ramkasi bilan birga «Kvalifikatsiyani baholaş markazlari» taşkil etilişi kutilyapti. Hunarmand yigit baholaş markaziga borib, öz malakasini baholatişi va unga mos ravişda hujjat olişi mumkin. Bu hujjat esa kollej diplomi bilan teng yuridik kuçga ega böladi.
Bu narsa bizga kerak edi. Çunki sifat qoniqtirmagani uçun öquvçilar kollejlarga bormay qöyişgandi. Kim hunar örganişni xohlasa, hunarmandga şogird tuşişni ma'qul körardi. Endi ular ham öz malakasiga yaraşa hujjat oliş imkoniga ega böladi.
Bundan taşqari, formal ta'lim bilan hammani töliq qamrab oliş juda qiyin. Jamiyatda har doim noformal ta'lim mavjud bölib kelgan. Hatto onlayn tarzda mustaqil biror malakaga ega bölayotganlar ham köp. Ular ega bölgan malakani ham rasman tasdiqlaşimiz mumkin bölmoqda.
«Kasb-hunar ta'limiga xususiy sektorni jalb qiliş kerak»
– Kvalifikatsiya tasnifi doirasida professional standartlar işlab çiqilişi lozim. Professional standart deganda esa kasbga mehnat bozori qöygan talablar majmuyi tuşuniladi. Professional standartlar asosida ta'lim beruvçilar kadr tayyorlaydi.
Endi ta'lim beruvçilar kasbga qöyilgan bilim, malaka va könikma talabi asosida öz dasturini işlab çiqadi. Bu dastur asosida öqigan şaxs esa yakunida körsatilgan talabga javob beradigan kadr bölişi kerak. Buning bilan «Öqişni bitirgan kadr heç narsani bilmaydi» kabi şikoyatlarga örin qoldirmaslik möljallanmoqda.
Lekin bu öz-özidan bölmaydi. Kamçiliklardan qutuliş uçun, avvalo, ta'lim tizimida raqobat paydo bölişi kerak. Raqobat bölsa, ta'lim beruvçilar sifatli xizmat taklif qilişga harakat qiladi.
Hozirgi vaziyatda esa ta'lim ança monopoliyalaşgan holatda turibdi. Agar kasb-hunar tizimiga xususiy sektor kirib kelsa, ular turli kasb egalarini tayyorlasa, özlari professional standartlarni takomillaştiriş taklifi bilan çiqişadi.
Masalan, respublikada kasbga tayyorlovçi turli markazlar bor. Qizlar turli xususiy markazlarda yaxşi tikuvçi, oşpaz bölib çiqyapti. Bu kabi markazlarga köproq yöl beriş kerak. Va ular beradigan diplomni tan olişni ta'minlaş kerak. Agar qaror asosida baholaş markazlari taşkil etiladigan bölsa, bu ham amalga oşadi. Natijada, raqobat muhiti paydo böladi.
Ta'lim rekonstruksiyasi uçun katta mablağ sarflanişi kutilmoqda
– Bitta ramka hamma narsani hal qilib bermaydi. Bu ta'lim bozoridagi holat, raqobat va imkoniyatlarga ham boğliq. Bularning barçasini amalga oşiriş uçun esa katta mablağ talab qilinadi.
Çunki biz kasb-hunar ta'lim tizimini qaytadan taşkil qilyapmiz. Va endi bizga yangi jihozlar, ta'lim ustalari kerak böladi. Oldingi standartlar asosidagi jihozlar, uskunalar bilan esa kadrlar tayyorlay olmaymiz.
Ta'limni boşkariş buyiça vakolatli davlat organlari ham yangi tizimga tayyor bölişi lozim. Endi avval foydalanilgan ta'lim standartlaridan foydalanib bölmaydi. Mas'ullar professional standartlarni örganib, u asosida ta'lim dasturlarini işlab çiqiş böyiça katta hajmdagi mas'uliyatli işni amalga oşirişi lozim böladi. Agar biz eski ta'lim dasturi orqali kadr tayyorlasak, bu bitiruvçi heç kimga kerak bölmay qolişi mumkin.
Kasb-hunar kollejlari öz sohasiga tegişli taşkilotlarga bölib berilgani ham yaxşi bölgan. Çunki ular özlariga qanday kadr kerakligini yaxşi biladi. Masalan, quriliş kollejlari Quriliş vazirligiga, qişloq xöjaligi kollejlari Qişlok xöjaligi vazirligi tasarrufiga, turizm kollejlari Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tasarrufiga ötkazilgan. Ular yaxşi işlayapti, soha ehtiyojidan kelib çiqib, professional standartlarni işlab çiqmoqda.
Lekin bu yetarli emas. Bizning iqtisodiyotimiz şaroitida kasb-hunarli kadrlarga ehtiyoj juda katta.
Qolaversa, tegişli vazirlik va idoralar ham öz kollejlariga öquvçi kelmay qöysa, jiddiy öylab köra boşlaydi va raqobatga mos tarzda iş olib boradi.
Kasb-hunar kollejlarini tugatgan bolalar ham köçada qolmaydi. Töğri, hozir kollejda kerakli hunarni örgana olmagan bolalar işsiz qolyapti. Şuning uçun milliy malaka ramkasi ğoyasi yaxşi, lekin uni amalga oşiriş uçun hamma birday işlamasa, u amalga oşmay qoladi.
2020-2021 öquv yilida ta'limda mana şu yangi tizim asosida iş boşlaymiz. Qisqa vaqt içida birinçi örinda professional kasb-xunar maktablari, kollej va texnikumlar yangi öquv yilga tayyorlanişi kerak. Oldinda ta'lim dasturlari, öquv rejalari va adabiyotlar tayyorlaş, moddiy-texnik bazani boyitiş, pedagog kadrlar bilan ta'minlaş vazifalari turibdi.