Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi va Oliy sud ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatini e'lon qiladi
Foto: AP
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida ekstremistik deb topilgan tashkilotlar ro‘yxati e'lon qilinadi. Bu haqda «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunda aytiladi
Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi.
Tashkilot, agar uning tarkibiy tuzilmalaridan hech bo‘lmasa bittasi (bo‘linmasi, filiali va vakolatxonasi) ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan bo‘lsa, ekstremistik tashkilot deb topiladi.
Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lsa, o‘sha tashkilotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinishi lozim.
Mavzuga oid: «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi
Mavzuga oid
23:19 / 16.02.2026
Tojikistonda endi ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun hech kim jazolanmaydi
14:03 / 14.02.2026
Rossiya Adliya vazirligi “chet el agentlari” ro‘yxatiga yana uch jurnalistni kiritdi
09:01 / 31.01.2026
AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha 3 mln sahifadan ortiq materialni e’lon qildi
11:42 / 28.01.2026