Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada “metan zapravka”da janjal yuz berdi. Bir kishi vafot etgan
Ikki shaxs protsessual tartibda ushlanib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Illyustrativ foto
Dang‘ara tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida uch nafar shaxs o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Ularning biri vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, voqea 2024 yilning 3 fevral kuni sodir bo‘lgan.
Bezorilikning oldini olish maqsadida, ularni ajratish uchun kelgan boshqa shaxsga ham faol qarshilik ko‘rsatilgan. Bir necha vaqtdan so‘ng, 23 yoshli ushbu shaxs hushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.
Olib borilgan tergov oldi tekshirish harakatlari davomida Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ular protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda marhumning o‘limi yuzasidan Dang‘ara tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mavzuga oid
21:25 / 20.07.2025
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi
18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
14:01 / 25.03.2025