Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyati bosqichma-bosqich litsenziyalanadi
Zamonaviy va samarali boshqaruv usullarini joriy qilish va tibbiy xizmat sifatini oshirish mo‘ljallanmoqda.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekistonda viloyat va respublika darajasidagi barcha ko‘ptarmoqli shifoxonalarda umumiy boshqaruvni tibbiyot menejyerlari tomonidan amalga oshirilishiga erishish rejalashtirilmoqda.
“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, birlamchi bo‘g‘in muassasalarining 30 foizi, viloyat muassasalarining 50 foizi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va respublika muassasalarining 70 foizi milliy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Har bir hududda kamida 1 ta viloyat/shahar muassasasi, 5 ta Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va respublika muassasalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Moliyalashtirish, dori-darmon, tibbiy buyum, jihoz va uskunalar ta’minoti, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda boshqaruvda mukammal bo‘lgan milliy tibbiy yordam tizimi shakllantiriladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini bosqichma-bosqich litsenziyalash (davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) nazarda tutilyapti.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
12:52 / 08.11.2025
Xususiy tibbiyotning ulushi mamlakatda 30 foizga yetdi
18:55 / 04.11.2025