Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati YTH oqibatida şifoxonaga yotqizilgan «Ummon» guruhi solisti Zohid Risqiyev va uning yonida bölganlarning holati yuzasidan ma’lumot berdi.
«Poytaxtimizdagi davolaş muassasasiga olib kelingan avtomaşina boşqaruvçisi Z.R.ga «Boş miya oçiq jarohati. Boş miya lat yeyişi. Boş tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Çap yelka sohasi yumşoq töqimalari lat yeyişi. Koma 1-2 daraja» taşxisi qöyilgan.
Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor boşidagi jarohatga birlamçi jarrohlik işlovi berilgan. Oğriqsizlantirilib, IVL apparatiga ulangan. Boş qismi MSKT, içki a’zolari esa UTT kabi barça zaruriy tekşiruvlardan ötkazilgan.
Ayni paytda Z. R. jonlantiriş bölimida. Sun’iy nafas oliş apparatiga ulangan. Unga barça tegişli tibbiy muolajalar körsatilmoqda.
Şuningdek, «Boş miya oçiq jarohati. Boş miya lat yeyişi. Boş tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Kökrak qafasi lat yeyişi» diagnozi qöyilgan yölovçi J.Y. ham jonlantiriş bölimida zarur davo muolajalarini olmoqda. Uning ahvoli örta oğir darajada. Huşida.
Bemor J.I.da esa «Boş miya yopiq jarohati. Boş miya çayqalişi. Çap tomon yuqori qovoq, öng tomon jağ osti va böyin sohalari ezilib yirtilgan jarohatlari» aniqlangan.
Unga tegişli tibbiy yordam körsatilib, zarur muolajalar ötkazilgaç, ahvoli qoniqarli bölgani uçun ambulator şaroitda davolanişi uçun uyiga javob berildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi ayni paytda bemorlar salomatligini öz nazoratiga olgan. Muolaja jarayonlari uçun yetakçi tibbiyot mutaxassislari jalb qilingan», deyiladi vazirlik xabarida.
- 29 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Yunusobod tumanida joylaşgan Mega Planet savdo markazi yaqinida soat taxminan 23:00 atrofida BMW rusumli avtomaşina katta tezlikda boşqaruvni yöqotib, avtohalokatga uçragani haqida xabarlar tarqaldi.
- Toşkent şahar IIBBning uşbu hodisa yuzasidan bergan ma’lumotiga köra, hodisa oqibatida bir kişi halok bölgan. Transport vositasi boşqaruvida 1990 yilda tuğilgan Z.R bölgan, u sobiq «Ummon» guruhi solisti Zohid Risqiyevdir.












