«Qonundan faqat zöravonlar xavotirda»

Dilfuza Qurolova, huquqşunos:

— Ilgari maişiy deb hisoblanadigan oiladagi zöravonlik endi jinoyat deb hisoblanadi. Endi oiladagi jismoniy zöravonlik jinoiy javobgarlikka tortiladigan böldi. Ayollar himoyasi böyiça 2019 yilda qabul qilingan qonun bor edi, lekin unda javobgarlik töğrisida heç narsa mavjud emasdi. Endilikda esa ham ma’muriy, ham jinoiy javobgarlik közda tutilyapti.

Bundan taşqari, jinsiy zöravonlikka nisbatan jazo kuçaytirildi. Oldin 3 yildan 5 yilgaça qamoq jazosi bölgan bölsa, hozir 5 yildan 15 yilgaça etib belgilandi. Oldingi Jinoyat kodeksida jinoyatçi qiz bolaning yoşini bilmasdan jinsiy zöravonlik qilgan bölsa, jazoni yengillatiş közda tutilar edi. Endi esa bu yengillatiş olib taşlangan. Yana bir yangilik: nogironligi bölgan ayol-qizlarga nisbatan zöravonlikning javobgarligi oşirildi.

Oilaviy zöravonlikda javobgarlikka tortiliş uçun 3 xil holat kiritilgan: jismoniy, ruhiy va iqtisodiy zöravonlik. Jismoniy zöravonlik birdan jinoiy javobgarlikka tortiladi (agar jabrlanuvçining soğligi 6 kundan köproqqa yomonlaşgan bölsa – tahr.). Ruhiy va iqtisodiy zöravonlik holatida esa birinçi marta sodir etilganida ma’muriy, takrorlansa jinoiy javobgarlik yuzaga keladi.

Iqtisodiy zöravonlik deganda, birlamçi ehtiyojlar qondirilmasligi (imkon böla turib) yoki bergan pulini öta kuçli, keraksiz nazorat qiliş kabi holatlar nazarda tutiladi. Iqtisodiy zöravonlikni isbotlaş qiyin masala – Faqat Özbekistonda emas, boşqa davlatlarda ham.

Bu qonun qabul qilingaç, «öz ayolimni ham ura olmaymanmi endi» deyotganlar – zöravonlar yoki potensial zöravonlar. Zöravonlik qilmaydigan erkaklarni esa xavotirga solmaydi bu qonun. Bu borada ortiqça gap aytib ötirmayman. Bu masalada şaxslar qora va oqqa bölinişi kerak.

Uçinçi şaxs muammosi bor. Jinoyat kodeksining 66-1-moddasidagi ayrim bandlarni olib taşlaşga tavsiya berganmiz. Bu moddaning hozirgi holatiga asosan, oiladagi zöravonlik böyiça qözğatilgan jinoyat işi yaraştiruv asosida töxtatilişi mumkin. Lekin biz bilmaymiz-ku, bu yaraşuv bosimlar ostida bölayotgandir. Korrupsiyani ham unutmaslik kerak.