Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘ra, sinf xonalarda havo haroratini me’yor darajasida saqlash imkoniyati bo‘lmagani uchun ayrim maktablarda darslar vaqtincha masofaviy shaklga ko‘chirilgan.
«Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar, hududiy hokimliklar, kommunal xizmati tashkilotlari bilan birgalikda ta’lim muassasalarida o‘qish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rib, masofaviy ta’lim shaklida bo‘lgan maktablar ham bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tkaziladi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan avvalroq vazirlik mahalliy hokimliklar bilan videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvida maktablarni ob-havo sharoiti barqarorlashgunga qadar vaqtincha onlayn ta’limga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqqan edi.
Keyinroq hududlar kesimida III chorak qaysi maktablarda onlayn boshlanishi bo‘yicha ro‘yxatlar ma’lum bo‘lgandi.
Toshkent shahri:
- Bektemir tumanidagi 345-, 346-, 347-, 348-sonli maktablar;
- Mirobod tumanidagi 83-, 94-sonli maktablar;
- Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54-, 209-sonli maktablar;
- Olmazor tumanidagi 1-, 28-sonli maktablar;
- Sergeli tumanidagi 33-, 68-, 269-, 352-sonli maktablar;
- Uchtepa tumanidagi 199-, 251-sonli maktablar;
- Chilonzor tumanidagi 79-, 101-, 114-, 138-, 162-, 163-, 168-, 173-, 178-, 179-, 181-, 182-, 183-, 184-, 188-, 201-, 202-, 232-, 270-, 280-, 281-sonli umumta’lim maktablari, 4-sonli maxsus maktab-internati;
- Shayxontohur tumanidagi 19-, 39-, 59-, 82-, 85-, 92-, 132-, 141-, 167-, 169-, 180-, 186-sonli maktablar;
- Yunusobod tumanidagi 87-, 259-sonli maktablar;
- Yangihayot tumanidagi 2-, 3-, 334-sonli maktablar;
- Yashnobod tumanidagi 145-sonli umumta’lim maktabi, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
Namangan viloyati














