Joriy yilning sentabr oyidan Özbekistonda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) filiali iş boşlaydi. Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Taşqi işlar vazirligida Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidovning mamlakatimizga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti delegatsiyasiga boşçilik qilib kelgan mazkur oliy ta'lim muassasasining prorektori Artyom Malgin bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda bahorda Toşkent şahrida "MGIMO" bitiruvçilarining V Xalqaro forumini ötkaziş va institut filialini oçiş bilan boğliq amaliy jihatlar muhokama qilindi.

«Birgalikda kelajak sari» nomli "MGIMO" bitiruvçilarining Birinçi Umumjahon forumi 2013 yilda Boku şahrida ötkazilib, unda mazkur ta'lim muassasasining 25 davlatdan kelgan 400 ga yaqin bitiruvçisi iştirok etgan. Umuman, "MGIMO" bitiruvçilari assotsiatsiyasi kontakt bazasi 50 ming ismdan taşkil topgan.
Toşkent şahrida "MGIMO" filiali faoliyatini yölga qöyiş böyiça avval erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişning borişi, jumladan binoni ta'mirlaş va öquv anjomlari bilan ta'minlaş bilan boğliq masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
"MGIMO"ning Toşkent filiali joriy yilning sentabr oyidan bakalavriat va magistratura yönalişlari böyiça tölaqonli faoliyat körsata boşlaşi rejalaştirilmoqda.
















