Internetda Kitob tumani tibbiyot birlaşmasi şifokori bemorlardan oçiqçasiga pul talab qilgani aks etgan video tarqaldi. Kun.uzʼga uşbu muassasadagi boşqa holatlar böyiça ham videolar kelib tuşdi.
Tarqalgan videoda birlaşmaning tuğuruq bölimi şifokorlari öz xonasida bemorning yaqinlari bilan oçiqçasiga savdolaşganiga guvoh böliş mumkin.
«150 ming söm beryapsiz, buni töqqiz kişiga berişim kerak, 15 ming sömdan ham tuşmaydi. Doktorlarga 10 ming söm berasizmi? Xalq qatori beravering, kimdir 450 ming, kimdir 500 ming beryapti. 100 mingdan döxtirlarga beryapman, qolgan qizlarga 20 mingdan beraman», – degan tuğuruqxona xodimi.
U bemor yaqinlarining «qurbimiz yetmasa-çi» degan e’tiroziga ham e’tibor qilmay, yonidagi boşqa ayolga «siz opasi bölsangiz, yuz ming bering», deb talab qilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi uşbu holat nazoratga olingani va tuğuruq bölimi akuşer-ginekologi X.G. va doya N.N. işdan böşatilib, töplangan dastlabki hujjatlar huquqni muhofaza qiliş idoralariga taqdim etilgani haqida xabar berdi.
Kun.uzʼga taqdim qilingan qöşimça videotasvirlarda Kitob tuman tibbiyot birlaşmasining qon-peşob tahlil bölimi şifokorlari bemorlardan perçatka va şprits olib keliş yoki buning uçun tölov qilişayotganiga guvoh böliş mumkin. Şifokor muassasada röyxatda turganlarga ham perçatka va şprits yetmasligini qöşimça qilgan.
Qaşqadaryo viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmati tekin berilişi kerak bölgan mahsulotlar uçun pul talab qilayotgan laboratoriya xodimlari haqida qöşimça ma’lumot berilişini ma’lum qildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi öz munosabatida vazir Amrillo Inoyatovning şaxsiy telefon raqami (+998 91 403 17 73) orqali sohadagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilinayotganini ham e’lon qilgan.
Şuningdek, vazirlik qoşida kun-u tun «1003» qisqa raqamli «Sall-markaz», Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Toşkent şahar soğliqni saqlaş Boş boşqarmasi va viloyatlar boşqarmalari qoşida «1103» qisqa raqamli «Sall-markaz»lar işlayotgani aytilgan.
















