Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, telefon muloqoti chog‘ida Rossiya rahbari O‘zbekiston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan «samimiy qutlagan». Putin bundan avval Mirziyoyevga tabrik telegrammasini yuborgani aytiladi.
Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yuqori baho berdi.
«Rossiya prezidentining O‘zbekistonga 2018 yil kuz oylariga rejalashtirilgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari bo‘yicha fikr almashildi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, har ikki yetakchi xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni tabriklagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
17:14 / 03.07.2026