Toşkent şahri Yunusobod tumanida joylaşgan Mega Planet savdo markazi yaqinida BMW katta tezlikda boşqaruvni yöqotib, YTHga uçradi. Rulda qöşiqçi Zohid Risqiyev (sobiq «Ummon» guruhi solisti) bölgan.
Toşkent şahar IIBBning uşbu hodisa yuzasidan bergan xabarida aytilişiça, 29 sentabr kuni taxminan soat 23:00 larda BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 H806HA) transport vositasi haydovçisi boşqaruvni yöqotişi oqibatida avtohalokat sodir bölgan. Natijada bir kişi halok bölgan.
Xabarda ma’lum qilinişiça, 1990 yilda tuğilgan Z.R. öz boşqaruvidagi BMW rusumli transport vositasida Ahmad Doniş köçasidan Yangişahar köçasiga qarab harakatlanayotganda rul boşqaruvini yöqotib, yöl transport hodisasini sodir etgan. Natijada, uning özi hamda yölovçilar - 1995 yilda tuğilgan J.I. va 1996 yilda tuğilgan J.Y. kasalxonaga yotqizilgan. 1994 yilda tuğilgan X.S. voqea joyida vafot etgan.
Qöşiqçining holati haqida aniq ma’lumot yöq, ayrim xabarlarga köra u jonlantiriş bölimida qolmoqda.
Hodisa yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda BMW haydovçisi Z.R. sobiq «Ummon» guruhi solisti Zohid Risqiyev ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Uning turmuş örtoği, xonanda Kamola Ortiqova bu ma’lumotni tasdiqlagan. U Instagram sahifasida uşbu ma’lumotlarni joyladi va xalqdan turmuş örtoğini duo qilişlarini söradi.












