Bu harakatlar «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunning 271-moddasi doirasida Facebook, Google, Telegram va boşqa servislar Özbekiston fuqarolarining şaxsiga oid ma'lumotlarini jisman Özbekiston hududida saqlaş şartlarini bajarmagani uçun amalga oşirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarga oid bahsli qonun: xavotirlar va taxminlar
Ommaviy muloqot tarmoqlarining Özbekiston hududida çeklab qöyilişi va bunga asos bölgan qonunçilik noroziliklarga sabab bölmoqda. Kun.uz muxbiri bu borada jamoatçilik faollari fikrlarini keltiradi.
«Bu masalada Rossiyaga ergaşiş dunyo bilan yovlaşiş degani» — Karim Bahriyev

Taniqli jurnalist va media huquqi mutaxassisi Karim Bahriyev Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklab qöyilişi haqida gapirar ekan, buni mamlakat jozibadorligiga qattiq zarba va şuningdek, dunyo bilan yovlaşiş siyosati, deya ta'rifladi.
«Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanişi va unga asos bölayotgan qonunçilik birinçi navbatda Özbekistonning jozibadorligiga jiddiy zarar keltirmoqda. Vaholanki, biz şusiz ham internet erkinligi böyiça dunyo davlatlari orasida faxrlanarli örinda emasmiz.
Özbekiston erkin internetga ega bölmagan davlatlar qatorida qoldirildi – Freedom House
Ijtimoiy tarmoqlar garçi bir neça soatlarga bloklangan bölsa-da, u jahondagi barça indikatorlarda qayd etib bölindi. Bu esa xalqaro taşkilotlarning biz haqimizda bir yildan keyin beradigan hisobotlarida albatta qayd etiladi.
Ikkinçidan, bu holat davlat budjetiga ham katta zarar keltirgani aniq.
Ijtimoiy tarmoqlar bloklanişidan nafaqat turli kompaniyalar va tadbirkorlar, şuningdek, xalqimiz ham zarar kördi. Çunki ular köplab VPN dasturlarini yuklab oldi. Bu esa ma'lum tölovlar evaziga böladi.












