Telegram’ning Rossiyada bloklanishi O‘zbekistonga qanday ta'sir qiladi?

Foto: KUN.UZ
Moskva shahrining Taganka sudi bugun Roskomnadzorning Rossiyada Telegram messenjerini bloklash bo‘yicha arizasini qanoatlantirdi. Roskomnadzordan ma'lum qilishlaricha, Rossiyada Telegram’ga kirish bo‘yicha cheklovlar Taganka sudi qarori olinganidan so‘ng joriy etiladi. Qayd etilishicha, Telegram FXXga shifrlash kalitlarini topshiradigan bo‘lsa, blokdan chiqariladi.
Kreml messenjerning bloklanishi bo‘yicha qarorga izoh bermagan. Rossiya prezidentining internet bo‘yicha maslahatchisi German Klimenko barcha amaldorlarga Telegram messenjerini tark etishni tavsiya qildi.
Rossiyaning «Vesti» telekanali esa tezlik bilan boshqa chatni topdi - TamTam. Bu haqda telekanal Telegram kanalida xabar bergan:
Shuningdek, Rossiya TIV xabarlarini endi Viber messenjerida ham kuzatib borish mumkin, bu haqda RF tashqi siyosat idorasi Telegram’dagi kanalida xabar qildi. Diplomatlarning eslatishicha, Facebook, «VKontakte», Twitter va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida ham TIV sahifalari mavjud.
Mavzuga oid: Sud Telegram'ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi
Mavzuga oid: Roskomnadzor Telegram Rossiyada qachon bloklanishini ma'lum qildi
Mavzuga oid: Telegram yuristlari shikoyat bilan chiqishadi
O‘zbekistonda nima ro‘y beradi?
O‘zbekistonda Telegram hozircha ishlamoqda va aftidan ishlashda davom etadi, agarda «kalitlar» talab qilinmasa. KUN.UZ xodimlari Rossiyadagi tanishlari bilan Telegram orqali bog‘landi va ular javob qaytarishdi. Demak, messenjer hali butkul bloklanmadi.
Bizning fikrcha, O‘zbekiston aholisi quyidagi muammolarga duch keladi:
- boshqa messenjerlarga o‘tish kerak bo‘ladi, ya'ni agarda sizning do‘stlaringiz, qarindoshlaringiz yoki hamkasblaringiz Rossiyada ishlaydigan bo‘lsa, siz boshqa yangi nimanidir topishingiz kerak, sababi Telegram Rossiyada endi ishlamaydi;
- agarda siz Rossiyada ma'lumot tarqatuvchi kanal ma'muri yoki obunachisi bo‘lsangiz, bu ham endi muammo. Tasavvur qiling, sizda «Mening do‘stlarim» Telegram kanali bor, u yerdagi 200-250 obunachi Rossiyada yashaydi. Ha, muqobil messenjerni topish oson, biroq bir kanaldan boshqasiga «ko‘chirish» muammo.
Umuman olganda, O‘zbekistonda Rossiya bilan aloqalari Telegram messenjeri orqali bo‘lganlar jabr ko‘radi.
Umid qilamizki, yaqin vaqt ichida hammasiga ijobiy yechim topiladi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?
Jamiyat | 16:29
-
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
O‘zbekiston | 16:09
-
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi
Jahon | 16:01
-
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
O‘zbekiston | 15:52
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025