Bir neça kun oldin Beruniy tumani markazidagi yagona reklama monitori yonib ketgandi.
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. Ma'lum bölişiça, yonğin 23 iyul kuni keç soat 21:00 da Beruniy tumani “Xalqlar döstligi” köçasi çorrahasida yuzaga kelgan. Bu haqda Beruniy tumani Favqulodda vaziyatlar bölimiga xabar kelib tuşgan.
Ta'kidlanişiça, yonğin qutqaruv texnikalari yordamida soat 21:07 da bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yöq. Yonğinga nima sabab bölgani noma'lumligiça qolmoqda. Hozirda uning kelib çiqiş sabablari örganilmoqda.
Ma'lumot uçun, Beruniyda 2 ta “Elektron reklama qurilmasi” katta monitor örnatilgan bölib, tumandagi tadbirkorlik sub'yektiga qaraşli.
Eslatib ötamiz, ikki kun oldin Törtkölda rezina işlab çiqariş sexi yonib ketgandi.
















