Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroy tumanida yangi hokim ish boshladi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Anvar Sayfutdinov Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, Anvar Nazarovich Sayfutdinov Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati hisoblanadi. U 2004 yildan hozirgi vaqtgacha “Navro’z-FT” MChJ, “Sanico Trading” xususiy korxonasi, “Shinkonrakttorg” sho‘'ba korxonasi va “Sanico Group” MChJda rahbarlik lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi.
Undan avval deputatlar Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Nozim Husanov nomzodini Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma'qullashgandi.
Mavzuga oid
19:47 / 15.11.2025
Yakkasaroy tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:43 / 05.05.2025
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
16:41 / 11.02.2025