Yangi lavozimga tayinlangan Dilmurod Rahmatullayev bir hafta o‘tmay ishdan bo‘shatildi
Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 2024 yil 17 avgust kuni shahar obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshlagandi. Ammo u ushbu lavozimda bir hafta ham ishlagani yo‘q: shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonovning tegishli qarori bilan ishdan olingan. U sog‘ligidagi muammo tufayli o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz
17 avgust kuni Andijon shahar obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimga tayinlangan shaharning sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev bir necha kun o‘tib, ishdan bo‘shatildi.
Kun.uz manbasi bergan ushbu ma’lumotni Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati ham tasdiqladi. Hokimlik vakilining bizga ma’lum qilishicha, Rahmatullayev sog‘ligidagi muammo tufayli o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan.
Dilmurod Rahmatullayev 2019 yil iyun oyida viloyat hokimi tomonidan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida qattiq tanqid va haqorat qilingandi. O‘sha yili avgustda o‘ziga nisbatan fitna uyushtirilayotganini aytib, “Buni qoralayman, la’natlayman” deb video e’lon qilgan va shundan so‘ng ishdan olingandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi
Jahon | 18:34
-
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 18:28
-
WSJ: Tesla Ilon Maskning o‘rniga yangi bosh direktor izlamoqda
Jahon | 18:27
-
O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun ijtimoiy taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat | 18:00
Mavzuga oid

12:55 / 21.04.2025
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

18:09 / 13.09.2024
Andijonda o‘quvchilarni jazo sifatida o‘tirib-turg‘azgan xodimga chora ko‘rildi

14:38 / 12.09.2024
Andijonda darsga kech kelgan qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘azildi. Bu mumkin emas

12:19 / 10.09.2024