Davlat statistika qömitasining dastlabki ma’lumotlariga köra, 2022 yil 8 dekabr holatiga Özbekistonning doimiy aholisi soni 36 millionga yetdi.

Kun.uz Statqöm ma’lumotlari asosida Özbekiston aholisining ösişiga doir ba’zi raqamlarni infografikalarda aks ettirdi.

https://datawrapper.dwcdn.net/zG9ON/4/

Ma’lum bölişiça, 2001–2007 yillarda Özbekiston aholisi yiliga 500 mingga köpaygan. 2007–2013 yillarda esa aholi soni yiliga 600 mingdan köproqqa ösib borgan.

2014–2018 yillar oraliğida Özbekiston nufusning yiliga 700 mingga ösişini boşdan keçirgan bölsa, 2019 yildan keyin ösiş yanada tezlaşgan. 2019–2020 yillarda aholi soni yiliga 800 mingdan köproqqa, 2021 yilda esa birinçi marta 900 ming nafarga köpaygan.

https://datawrapper.dwcdn.net/7QEuz/3/

1920 yilda Özbekiston aholisi 4,4 mln bölgan. 100 yil içida aholi soni 8 barobar ösgan.

Dekadalar hisobida qaraganda, faqat 50-yillardagina aholi soni kamaygan. Katta ehtimol bilan bu II jahon uruşi bilan boğliq.

https://datawrapper.dwcdn.net/I3mGQ/2/

Hududlar kesimida eng köp tuğiliş 20 yil oldin ham, hozir ham Samarqand viloyatiga töğri kelyapti.

https://datawrapper.dwcdn.net/0Gi4g/3/

2000 yilda tuğilgan çaqaloqlarning 48,6 foizi qiz bola bölgan bölsa, 20 yil davomida bu körsatkiç 46,6 foizga tuşgan.

https://datawrapper.dwcdn.net/1JyYM/7/

Yillik ölim körsatkiçi 2015 yilda 150 mingdan oşgan.

20 yil davomida kuzatilgan ölim statistikasida 2020 yil, Covid-19 pandemiyasi davri rekord örnatgan. 2020 yilda röy bergan ölimlar soni 2019 yilga qaraganda 14 foizga köp.

2021 yilda ölim körsatkiçi biroz pasaygan, lekin 2019 yildagiga nisbatan 13 foiz baland bölgan.

https://datawrapper.dwcdn.net/ZIKso/3/