20 aprel kuni tongda Qozoğiston janubidagi Jambul oblasti Qorday tumani hududida yölovçi avtobusi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Qozoğiston IIV matbuot xizmati xabariga köra, YTH oqibatida 11 kişi halok bölgan.
«YTH oqibatida voqea joyida 8 kişi halok bölgan, 32 kişi şifoxonaga olib borilgan. Olingan jarohatlar tufayli şifoxonada yana 3 kişi jon bergan», deya ma'lumot bergan IIV matbuot kotibi Oraz Nurdilda.
Uning aniqlik kiritişiça, YTH şanba kuni soat 5:00 atrofida «Olmaota-Toşkent» avtoyölining 181-kilometrida sodir bölgan.
Uning aytişiça, Toyota Camry avtomobili yöl çetida töxtab turgan yuk maşinasiga urilgan, bu vaqtda ortda kelayotgan yölovçi avtobusi haydovçisi navbatdagi töqnaşuvdan qoçiş uçun rulni keskin burgan va avtobus ağdarilib ketgan.
Voqea joyiga oblast rahbariyati, prokuror, oblast politsiya departamenti boşliği va boşqa rahbarlar yetib borişgan.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari boşlangan.
Hozirça qurbonlarning şaxsiga aniqlik kiritilmagan.


















