Toşkent şahri Olmazor tumanidagi Qorasaroy köçasida transport vositalari harakati vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu köçada 2 apreldan boşlab sentabr oyigaça quriliş-ta’mirlaş işlari olib boriladi.
Köçaning yopiladigan qismi: Abdulla Qodiriy köçasi bilan kesişgan joydan Nurafşon köçasi bilan kesişgan joygaça.
«Vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraymiz va haydovçilarga muqobil yönalişlardan foydalanib, öz yöllarini oldindan rejalaştiriş tavsiya etiladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Şayxontohur tumanidagi Şofayzi köçasi 25 martdan 1 mayga qadar avtomobillar harakati uçun yopilgani töğrisida xabar berilgandi.












