«Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyati 2017 yil 15 iyuldan elektr energiyasi narxlari oşişini ma'lum qildi. Yangi narxlar Moliya vazirligi tomonidan 29 iyun kuni tasdiqlangan.
Qayd etilişiça, 1 kilovatt/soat elektr energiya narxi 7 foizga ösib, 191 sömdan 204,3 sömga çiqadi.
Tariflarning töliq röyxati bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.
«Özbekenergo»ning izohlaşiça, elektr energiya tariflarining qimmatlaşuvi yoqilği-energiya boyliklarining tannarxi oşişi bilan boğliqdir.
Bundan oldinroq 15 iyuldan gaz tarifi ham 7 foizga oşişi haqida xabar berilgandi.
Kommunal xizmatlarning tariflari sönggi bor 2016 yil oktabr oyida oşirilgan edi.
Eslatib ötamiz, şu yil martida Moliya vazirligi 2017 yil davomida kommunal xizmatlarning tariflari oşirilmasligini bildirgandi.
Endilikda içki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlaş maqsadida tariflar oşirilişi örtaça yillik inflyatsiya darajasidan oşmasligi, şu bilan birga issiqlik va suv ta'minoti xizmatlarini körsatadigan korxonalarning xarajatlarini kamaytiriş hamda iş samaradorligini oşiriş maqsadida hukumat tomonidan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilayotgani aytib ötilgandi.











