Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors 2024 yildan boshlab avtomobillarni 3 oy ichida yetkazib berishni va’da qildi
Avgust oyida puli oldindan to‘langan avtomobillar yil yakunigacha o‘z egalariga topshiriladi. UzAuto Motors keyinchalik shartnoma tuzilganidan keyingi kutish muddati 3 oydan oshmasligiga va’da bermoqda.
Joriy yilning 4 avgust kunidan boshlab deyarli 51 mingga yaqin Chevrolet Cobalt, Lacetti, Labo va Damas avtomobillari uchun shartnomalarga to‘lov amalga oshirilgan. Bu haqda UzAuto Motors axborot xizmati xabar berdi.
“Kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etganligi sabab, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha avtomobillar 2023 yilda o‘z egalariga topshiriladi. Keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmaydi.
Kutish vaqtining uzayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2024 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar kontraktatsiyasi haqida keyinroq kompaniya rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi”, deyiladi rasmiy munosabatida.
Avvalroq, 8 oylik tanaffusdan so‘ng 4 avgust kuni Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas modellari uchun shartnoma berish boshlangani e’lon qilingandi. Buning ortidan avtosalonlarda katta navbatlar, tiqilinch va janjallar yuzaga keldi. Kompaniya esa kontraktatsiyani ochganidan 24 soat o‘tmay, yana noma’lum muddatga yopdi.
Mavzuga oid
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
16:32 / 14.05.2026
Avtomobil bozori. Narxlar qanday o‘zgaryapti?
15:37 / 15.04.2026