«O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi» – Bosh vazir o‘rinbosari
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, Musayev “Toshkent yoshlar forumi –2020” tadbirining ochilish marosimida yoshlarni forum bilan tabriklab, o‘z nutqida O‘zbekiston koronavirusga qarshi qanday kurashganiga to‘xtalib o‘tgan.
“Kasallik aniqlangan birinchi kundan boshlab davlat rahbari oldimizga aniq vazifalar qo‘ydi. Birontamizga tinchlik bermadilar, bir kun ham dam bermadilar. Asosiy maqsad – xalqimiz sog‘ayib ketsin.
Pandemiya davrida sog‘liqni saqlash tizimiga shunchalik ko‘p pul berildiki, qiyosiy ma'noda buni 30 yil davomida tizimga ajratilgan mablag‘dan ham ko‘proq bo‘ldi, deb aytish mumkin.
Dunyoning istalgan nuqtasidan shu kasallikni davolash uchun kerak bo‘lgan dorilar yetkazib kelindi. Xorijdan mutaxassislar olib kelindi. Natijada, bugun O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi”, - dedi Behzod Musayev.
- Ma'lumot uchun, 17 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 75 675tani tashkil qilmoqda. Shundan 72 961 kishi sog‘aygan, 600dan ortiq kishi vafot etgan. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2102 nafar bemor davolanmoqda, shundan 169 nafari og‘ir, 33 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi
16:19 / 23.09.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi
15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev
18:44 / 08.08.2024