Ma'lum qilinishicha, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro T.U. 7 tup kannabis giyohvand o‘simligini ekib, parvarishlab kelgan. Shuningdek, u xonadoni yotoqxonasi hamda omborxonasida ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 373,15 gramm bo‘lgan ko‘p miqdordagi marixuana giyohvand moddasini saqlab kelayotgani ham ma'lum bo‘lgan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoroda 85 yoshli otaxon 520 tup ko‘knor o‘stirayotgani aniqlangandi.