Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi otishmada kamida 10 kishi yaralangan
Foto: elgezit.kg
Bugun, 17 sentabr kuni, Qirg‘iziston Qurolli kuchlarining harbiy-transport samolyoti bortida o‘n nafar kishi yaralangan holda Bishkekka olib ketildi. Bu haqda Knews Qirg‘iziston Chegara xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston poytaxtidagi tibbiy muassasalarda yaralangan fuqarolarga zarur yordam ko‘rsatiladi.
16 sentabr kuni davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida ro‘y bergan otishma chog‘ida 13 nafar kishi turli darajada tan jarohatlari olgan, ulardan 10 kishi Bishkekka davolanish uchun yuborilgan, deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, ushbu hodisa oqibatida Tojikiston tomonidan qancha kishi yaralangani haqida hozircha aniq ma'lumot yo‘q.
Avvalroq, birinchi bo‘lib tojik tomoni Qirg‘izistonning "Maksat" chegara posti, so‘ngra "Say" chegara posti tomon o‘q uzgani ma'lum qilingandi.
Hodisaga Tojikiston fuqarolari davlat chegarasining belgilanmagan uchastkasida qurilish ishlarini boshlashlari sabab bo‘lgan. Bunga javoban Qirg‘iziston fuqarosi xuddi o‘sha joyda uyi atrofiga devor urishni boshlagan.
«19.30larda tojik harbiylari Qirg‘iziston fuqarosidan agressiv tarzda qurilishni to‘xtatishni talab qilishgan, o‘rtada dahanaki jang kelib chiqqan va otishmaga aylangan», - deyiladi Qirg‘iziston chegara xizmati tomonidan.
Mavzuga oid
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
12:51 / 15.12.2025