«Toşşahartransxizmat» AJ raisi sifatida işlab kelayotgan va bir vaqtning özida Transport vazirligi Toşkent şahar boş boşqarmasi boşliği hisoblangan Anvar Jörayev işdan ketgan va hibsga olingan bölişi mumkin. Bu haqda Kun.uz’ning bir biridan mustaqil ikki manbasi xabar berdi.

Kun.uz muxbirining vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida «Toşşahartransxizmat» AJ hamda Transport vazirligi matbuot xizmatlari bilan boğlanişga urinişlari besamar ketdi. Ayni paytda Anvar Jörayevning mobil telefoniga ham tuşib bölmayapti.

Toşkent şahar hokimiyati axborot xizmati esa holatdan bexabar ekanini aytdi. Lekin saytning hokimiyatdagi boşqa bir manbasi Jörayev hibs olinganini, işi tergovda ekanini tasdiqladi.

AJ matbuot kotibi Muslima Obidova 7 fevral sanasida tahririyatning boşqa masaladagi söroviga Anvar Jörayevning Transport boş boşqarmasi boşliği lavozimidan ketgani, hozirda hududiy tuzilmada faqat boşqarma boşliği örinbosari Olloyor Norbötayev işlayotganini ma’lum qilgandi.

Tahririyatning Transport vazirligidagi rasmiy manbasi buni tasdiqladi. Jörayev Toşkent şahar transport va yöl transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimidan yanvar oyida böşagan. Ammo boş boşqarmaning rasmiy saytida Jörayev boşliq lavozimida turganini köriş mumkin.

  • Eslatib ötamiz, 29 yanvar kuni prezident raisligida ötgan yiğilişda transport sohasining bir qator mansabdorlari, xususan, Anvar Jörayevga hayfsan va sönggi ogohlantiriş berilgandi. Davlat rahbari Toşkent şahrida tirbandlikni kamaytiriş va jamoat transportini yaxşilaşdagi kamçiliklarni birma-bir sanab, mutasaddilarning bu boradagi işlari qoniqarsiz ekanini qayd etgandi.
  • Ma’lumot uçun, Anvar Jörayev 2017-2018 yillarda «Toşşahartransxizmat» raisi bölgan, biroz muddat işdan olinib, 2019 yilda yana şu lavozimga qaytarilgan.