Özbekistondagi mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda mas'ul taşkilotlarning takliflariga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan umumiy emlaş işlariga jalb etilgan aholi guruhlari qatori kengaytirildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra:

  • 18 yoşdan katta bölgan Samarqand va Toşkent viloyati aholisini, şuningdek, imkoniyatdan kelib çiqib, boşqa hududlardagi 18 yoşdan katta aholi qatlamini özlari biriktirilgan birlamçi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravişda emlaş belgilandi;
  • Mamlakatda faoliyat körsatayotgan barça davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoşdan katta bölgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqiçlarida tahsil olayotgan talabalarni davlat budjeti mablağlari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarşi ixtiyoriy ravişda ommaviy emlaş belgilandi.

Şuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarşi ixtiyoriy ravişda emlangan tölov-kontrakt asosida öqiydigan talabalarga taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar, 2021/2022 öquv yili uçun bazaviy tölov kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik çegirma bonusi beriladi.