Bugun, 20 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida mazkur agentlik taşabbusi va Maktabgaça ta'lim vazirligi hamkorligida amalga oşirilayotgan «Bolalik kunlarimda» loyihasining taqdimoti bölib ötdi. Taqdimotda iştirok etgan Kun.uz muxbiri şu haqda xabar berdi.



Tadbirda «UNICEF» taşkilotining ta'lim va maktabgaça ta'lim bölimi rahbarlari Dipa Şankar va Vazira Nazarova, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov hamda Maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini taşkil etiş va strategik rivojlantiriş boş boşqarmasi boşliği Yelena Ten iştirok etib, jurnalistlarga loyiha haqida ma'lumot berişdi.

Loyiha orqali özbek xalq ertaklarining audio talqinini yaratiş va xalq oğzaki ijodi na'munalarini zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalangan holda bolalarga yetkaziş közda tutilgan. Unga köra, mutaxassislar, jumladan, muharrirlar, tarjimonlar, musahhih, ruhşunos, ovoz rejissyorlari va aktyorlar hamkorligida professional studiyada tayyorlanadigan audio ertaklar Telegram messenjeridagi @Bolalikkunlarimda maxsus kanali, youtube, facebook va boşqa ijtimoiy tarmoqlarda har 3 kunda, belgilangan vaqtda joylab boriladi.
Şuningdek, loyiha doirasida tayyorlangan audio disklar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi dökonlarda har oy yakunida (5ta özbek, 5ta rus tilida) sotuvga çiqariladi.


«Sönggi paytlarda şunday ertaklarni guvohi bölyapmizki, ularni yoş bola tugul kattalar ham eşitişga qörqadi. Mazkur loyiha doirasida esa milliyligimizdan kelib çiqqan holda, tarbiyaviy ahamiyatga ega, bolalar uçun zararli bölmagan ertaklar audio şaklda tayyorlab tarqatiş uçun tanlab olinayapti», - deydi agentlik rahbari Komil Allamjonov.



















