Bugun, 19 noyabr kuni Toşkent şahridagi yonilği quyiş şoxobçasi oldida Özbekistonda sönggi kunlarda benzin narxi oşişiga doir köça surati paydo böldi.

Uçtepa tumanidagi Katta qa'ni köçasi joylaşgan devorga tuşirilgan uşbu suratlar muallifi – @inkuzart taxallusli köça rassomi.

Muallif uşbu suratda döppi va milliy kiyim kiygan oddiy özbekistonliklarni benzin narxining oşişi «öldirişi»ga urğu bergan. Devorga tuşirilgan rasm bugunning özidayoq öçirib taşlandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq, @inkuzart taxallusli köça rassomi Toşkentda UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasi va buning ortidan avtomobillar uçun paydo bölayotgan uzundan uzun navbatlarga bağişlangan köça suratlari ham çizgan edi.

Foto: inkuzart

Avtosalonlarda maşina xarid qiliş uçun navbatda turganlar duç keladigan muammo «şapka» tizimi ham eslab ötilgan uşbu suratlar oradan bir neça kun ötib öçirib taşlangan edi.

Foto: inkuzart

Eslatib ötamiz, şu kunlarda Özbekistonda benzin narxi Turkmaniston va Qozoğistonga nisbatan 2 barobar qimmatroq bölib qolayotgani jamoatçilikning noroziligiga sabab bölmoqda.

Bu holatni mas'ul taşkilotlar bozordagi erkin talab va taklif qonuniyati natijasida şakllangan deb baholaşmoqda. Iqtisodçining fikriga köra, benzin va neft mahsulotlari importi ma'lum şaxslar tomonidan monopollaştirib olingan va ular bozorga öz şartlarini qöymoqda.