Qaşqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev özi çaqirgan majlisda rözadorlarni rözasini oçişga majburlagan. Bu haqda Özbekiston Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Huquq himoyaçisiga köra, 31 mart kuni soat 15 larda majlis çaqirgan Koson tumani hokimi qişloq xöjaligidagi muammolar – qurğoqçilik, yerlarning meliorativ holati haqida «juda ğazab bilan» nutq sözlagan.

«Şundan söng xodimlarga majlisda «Senlar röza tutvolib, sipo bölib yurasanlar. Işni kim qiladi?» deya rözadorlarni suv içişga majbur qilgan», – deb yozadi Taşanov.

31 mart kuni çaqirilgan majlis tafsilotlaridan xabardor manbaning Kun.uz muxbiriga aytişiça, hokim yiğiliş iştirokçilari – qişloq xöjaligi xodimlari, miroblarga hozir iş payti ekani, rözani 60 yoşdan keyin tutiş kerakligi haqida aytib, baqirgan.

«Rözadorlarga birin-ketin suv içirilarkan, boşqalar ham öz xohişi bilan suv içişni boşladi. Hokimdan şu qadar qörqişadiki, boşqa rözadorlar ham röza emasmiz, deya suv iça boşlaşdi. Birorta gapiradigan bölmadi. Çunki hamma hokimdan qörqadi. Bu hokim – şer. Neça yildan beri qimirlamayapti», – deydi manba.

Kun.uz muxbiri voqea yuzasidan izoh oliş maqsadida Qaşqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov bilan boğlandi. Matbuot kotibi voqea viloyat hokimligi huzurida tuzilgan tezkor işçi guruh tomonidan örganilayotganini bildirdi.

Hokim çaqirgan yiğiliş haqida xabarlar tarqalişi ortidan Koson tuman hokimligi ikki enlik tuşuntiriş bilan çiqdi.

«Abdurahmon Taşanovning facebook’dagi sahifasida «Koson tumani hokimi rözador fermerlarning oğzini majburan oçirdi» nomli xabar e’lon qilingan. Ammo xabar muallifi bu borada biror asosni keltirmadi.

Koson tumani hokimligi tuman hokimi joriy yilning 31 mart kuni heç bir fermerni tuman hokimligiga çaqirmagani va ularning rözasini oçişga majburlamaganini ma’lum qiladi.

Fermerlarning barçasi şu kuni öz dala maydonida bölgan», – deyiladi munosabatda.