Şu kunlarda internetda Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumani markaziy şifoxonasining tuğruqqaça bölgan davolaniş bölimidagi holat tasvirlari tarqaldi. Xabarda palatalarga 8-9 nafardan ayol joylaştirilgani, ayrim ayollar koridorda, talabga javob bermaydigan joyda yotgani aytilgandi.

«Internet tarmoğida joylaştirilgan fotosuratlardagi holat yuzasidan bölim mas'ul xodimlaridan tuşuntiriş xati olinganida bemorlarni bölimdagi örinlariga joylaştirilganga qadar özlari va qarindoşlari yerga joy töşab yotib olgani ta'kidlandi.

Şunga qaramay, bölimda nazoratni susaytirgani uçun tuman tibbiyot birlaşmasi boşliğining Onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça boşliq örinbosari M.Halilova hamda Tuğruq kompleksi mudiri vazifasini vaqtinçalik bajaruvçisi N.Sazanboyeva öz vazifalaridan ozod etildi», - deydi viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Doniyor Tursunov. 

Uning qöşimça qilişiça, Tuğruq kompleksi homiladorlar patalogiyasi bölimi vraçi B.Esanovaga nisbatan intizomiy jazo sifatida örtaça iş haqidan 30 foiz miqdorida jarima jazosi qöllangan.

Ma'lumotlarga köra, Nişon tumani aholisi 147 mingdan ziyod bölib, şundan tuğiş yoşidagi ayollar 40 ming nafardan oşadi. 2019 yilning 11 iyun kuni homiladorlik patalogiya bölimidagi 20ta öringa 29 nafar bemor yotqizilgan, ularning 6 nafari ginekologiya va 3 nafari tuğruq bölimiga joylaştirilgan.

Aytilganidek, öringa nisbatan bemorlar soni köp bölib ketganmidi?

«Öşa kuni nima bölganini tuşuna olmay qoldik. Biz palatada edik, söngra ayollarning «bemorlar köpayib ketdi, yerga joy solib berişayotganmiş», degan gaplarini eşitib, koridorga çiqdik. Haqiqatan ham tört-beş ayol yerda, stollar ustida yotardi. Keyin ularni ham xonalarga joylaştirişdi. Hozir körib turibmiz, kirib-çiqib yurişibdi, salomatliklari yaxşi. Gohida şunday odam köp bölib ketadi. Olis qişloqlardan keluvçilar soni köp-da...», deydi bemorlardan biri.

Aslida, tumanda tuğadigan va tuğruqqaça bölgan ayollarni davolaş uçun 98ta tuğruq örinlaridan 8tasi Tolimarjon şifoxonasida, 90tasi tuman markaziy şifoxonasiga ajratilgan (40tasi tuğruq bölimi, 30tasi ginekologiya bölimi va 20tasi homiladorlik patalogiya bölimidir). Demak, tumanda Onalik va bolalik salomatligini asraş, ularni muntazam ravişda tibbiy tekşirib turiş, zarur holatlarda sifatli xizmat körsatiş uçun salohiyat yetarli, öz kasbining çin mutaxassislari ham xizmat qilmoqda. Umid qilib qolamizki, bunday holatlar nafaqat Qaşqadaryoda, balki Özbekistonning biror bir hududida kuzatilmaydi. Çunki endi jahon Özbekistonni özgaça qiyofada körmoqda.