Bugun, 4 mart kuni Andijon viloyati, Böston tumanida faollar yiğilişi bölib ötdi.

Unda viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov va prezident maslahatçisining birinçi örinbosari Qahramon Quronboyev iştirok etdi.

Yiğilişda tuman hokimi Inomjon Solijonoviç Mamadaliyev lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilindi. U tumanga 2018 yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Sadbarxon Ne'matjonovna Mamitova tumanning yangi rahbari etib tayinlangan.

Sadbarxon Mamitova 1966 yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tuğilgan, 1982-1986 yillarda Namangan qişloq xöjaligi texnikumida öqigan, 1993 yil Toşkent davlat agrar universitetini (sirtqi) tamomlagan.

U turli yillarda Jalaquduq tumanida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2007-2008 yillarda tuman hokimi örinbosari - tuman xotin-qizlar qömitasi raisi v.v.b bölgan, 2019 yildan hozirgaça «Yuksaliş» umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bölimi rahbari sifatida işlab kelayotgandi. 2019 yil dekabridagi saylovlarda xalq deputatlari Andijon viloyati kengaşiga deputat etib saylangan.

  • Eslatib ötamiz, bunga qadar Özbekistonda ikki tumanga ayol kişilar rahbar etib tayinlangan, 2020 yil 18 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga senator Dilfuza Uralova hokim bölgan, 29 fevral kuni esa Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi örinbosari sifatida işlab kelgan Nargiza Ne'matova tuman hokimi v.v.b etib tayinlangandi.