Qaşqadaryo viloyati, Koson tumanida 17 yoşli qizning belgilangan töyi va u bilan boğliq barça marosimlar töxtatildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, FHDYo tomonidan beriladigan nikoh guvohnomasi bölmay turib, şar’iy nikoh öqigan diniy vakil ham javobgarlikka tortilgan. Unga qanday çora körilganiga aniqlik kiritilmagan.

Özbekiston qonunçiligiga köra, erkak va ayollar 18 yoşdan turmuş qurişi mumkin.

Bolalar ombudsmani 22-23 dekabr kunlari erta nikohlar va maktab yoşidagi qizlarga nisbatan unaştiruv marosimlari ötkazilişi kabi salbiy holatlar yuzasidan Qaşqadaryo viloyatining Kökdala, Kasbi va Koson tumanida örganişlar ötkazgan.

Farzandlarini erta turmuşga bermoqçi bölgan ota-onalar suhbatga çaqirilib, erta nikohning salbiy oqibatlari tuşuntirilgan. Bunday holatga yöl qöygan ota-onalar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkinligi eslatilgan.

Ta’kidlanişiça, bolalar ombudsmani unaştiruv marosimi ötkazilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan har bir qiz bilan uçraşib, suhbat ötkazgan.

Avvalroq, Qaşqadaryo viloyatida 7-sinf qiz unaştirilgani haqida videolavha tarqalgan, uning ota-onasi bu holat aslida farzandining tuğilgan kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbir ekani töğrisida tuşuntiriş bergan edi.