Vaqtincha ishsizlarga tomorqadan foydalanish uchun subsidiyalar ajratiladi - Vazirlik
Ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali subsidiyalar ajratiladi. Subsidiya beg‘araz yordam va uni qaytarish talab etilmaydi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova AOKAda o‘tkazilgan brifingda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali tomorqadan foydalanish uchun subsidiyalar olish mumkinligi haqida ma'lum qildi.
«Buning uchun, dastlab, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan fuqaroning bandligi va tomorqa yer maydoni o‘rganib chiqiladi. So‘ng unga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, ko‘chat va urug‘lik yoki sug‘orish vositalari xarid qilishi uchun «Tomorqa xizmati» MChJ, Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi va tomorqa yer egasi tomonidan 3 tomonlama shartnoma tuziladi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shahnoza Ravshanovaning ta'kidlashicha, mana shu asosda fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi.
«Subsidiya bu – beg‘araz yordam va uni qaytarish talab etilmaydi. Bunday turdagi subsidiyalarni fuqarolar faqat issiqxona qurish uchun emas, balki urug‘lik, ko‘chat sotib olish uchun ham ishlatishi mumkin», dedi Shahnoza Ravshanova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, aprel oyining o‘zida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun 20 ming shaxsiy tomorqa uchun 35,4 milliard so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, agar subsidiya olishda muammolar bo‘lsa, vazirlikning (+71) 200-06-00 raqamiga murojaat qilish so‘raladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Aleksey Arestovichga qarshi sanksiya qo‘lladi
Jahon | 19:00
-
APEX INSURANCE va APEX LIFE INSURANCE– FAIR energetika sug‘urtasi va xavflarni boshqarish bo‘yicha xalqaro Forumi tashkilotchilari
Jamiyat | 19:00
-
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
Sport | 18:52
-
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini boshqarishga kirishdi
Iqtisodiyot | 18:46
Mavzuga oid

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

12:05 / 05.04.2025
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi

17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi

11:13 / 31.03.2025