«Özbekiston Respublikasida çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy maqomi töğrisida»gi qonun loyihasi işlab çiqildi. IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi bölim boşliği Dilşod Murodbekov 3 sentabr kungi matbuot anjumanida bu boradagi yangiliklarni sanab ötdi.
«Avvalgi tartib-qoidaga köra, çet el fuqarosi Özbekistonga kirib kelgaç, içki işlar idoralarida röyxatdan ötiş uçun migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş xizmatlariga boriş majburiyatlari bor edi. Hozirgi kunda uşbu majburiyatlar bekor qilinib, ularni vaqtinça röyxatdan ötkaziş elektron tizim orqali amalga oşirilmoqda», – dedi Dilşod Murodbekov.
Ma'lum qilinişiça, yangi qonun loyihasida investorlar uçun vaqtinçalik beriladigan guvohnoma şartlari ham belgilangan. Özbekistonga 3 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritgan çet el fuqarolariga 10 yillik muddatda yaşaş guvohnomasi beriladi. Bu tartib 2021 yil 1 yanvardan boşlab kuçga kirişi rejalaştirilyapti.
Faxriy fuqaro maqomini olgan, ya'ni 1 million 200 ming dollardan oşiq investitsiya kiritgan fuqarolarga ham yaşaş guvohnomasini beriş tizimi joriy qilingan.
Qonun qabul qilinişi bilan, çet el fuqarolarining Özbekiston hududida erkin harakatlanişi osonlaştiriladi. Oldin çet el fuqarolari bitta joydan vaqtinçalik röyxatdan ötganidan keyin faqat öşa yerda yaşaş majburiyati belgilab berilgandi. Endi esa çet el fuqarosi boşqa hududda yaşaş istagini bildirsa, oldingi röyxatdan ötgan joyi bekor qilinmasdan, vaqtinçalik boşqa hududda röyxatdan ötib, yaşaş imkoniyati berilmoqda.
«Qonun loyihasidagi yana bir afzalliklardan biri – çet el fuqarolarining Özbekistonga kirişi yoki ketişiga ruxsat berişda ortiqça ovoragarçilik bölmaydi», – dedi IIV rasmiysi.
Ma'lum qilinişiça, çet el fuqarosi betob bölib yoki baxtciz hodisa tufayli Özbekistondan belgilangan muddatda çiqib ketolmasa, ularga ortiqça hujjatlar taqdim etmay, qöşimça davlat boji tölamay, respublikadan çiqib ketişlariga imkoniyat yaratib beriladi.
















