Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev vafot etdi
Akademik Behzod Yo‘ldoshev 28 avgust kuni 79 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda FA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va e’tirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Yo‘ldoshev 2024 yilning 28 avgust kuni 79 yoshida vafot etgan.
Behzod Yo‘ldoshev 1945 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1968 yilda ToshDUni tugatgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1968—83), direktor (1990 yildan) bo‘lgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1984—90). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (2000-2006) sifatida faoliyat yuritgan.
Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid. Behzod Yo‘ldoshev rahbarligida Yadro fizikasi institutida jahon standartlariga mos keluvchi radioizotoplarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish va chetga sotish ishlari yo‘lga qo‘yildi; mahalliy tog‘-kon sanoati chiqindilaridan asl va nodir metallarni qo‘shimcha ravishda ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi.
Behzod Yo‘ldoshev Vashington universiteti fizika fakulteti professori sifatida yuqori energiyali neytrinolarning o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan yadroviy effektlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy loyihaga rahbarlik qilgan.
Behzod Yo‘ldoshev bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar a’zosi, xorijiy universitetlar faxriy doktori bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiyot | 23:21 / 19.04.2025
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16 / 19.04.2025
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10 / 19.04.2025
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35 / 19.04.2025
Mavzuga oid

18:49 / 03.03.2025
Ayrim xorijiy so‘zlarni o‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etildi

22:24 / 01.02.2025
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi Galina Matviyevskaya vafot etdi

17:28 / 16.12.2024
Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi

11:36 / 07.12.2024