Jahon | 21:51 / 27.01.2023
31330
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml majmuasidagi binoda o‘g‘rilik qilgan o‘zbekistonlik ushlandi

Kreml muzey majmuasidan elektr klapanlarini o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. 

Rossiya politsiyasi Kreml hududidagi binodan yettita elektr ventilyatsiya klapanini o‘g‘irlaganlikda gumonlanayotgan 21 yoshli o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi. Bu haqda «MK» xabar berdi. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi O‘rta savdo qatorlari binosini restavratsiya qilish vaqtida Kreml muzey majmuasi binosi ventilyatsiyasiga kirgan. Mutaxassislar zarar miqdorini aniqlamoqda. 

Me’mor Roman Klein loyihasi bo‘yicha 1889-1893 yillarda qurilgan O‘rta savdo qatorlari binosi 2005 yilgacha Rossiya Mudofaa vazirligi tasarrufida edi. Keyinchalik u Federal xavfsizlik xizmatiga (FSO) o‘tkazildi. 2012 yil iyun oyida prezident Vladimir Putin binoni Moskva Kreml muzeyi tasarrufiga o‘tkazishni taklif qildi.

Mavzuga oid