Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi «Lolazor» mahallasidagi uylarni buzish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Toshkent shahrining Mirobod tumani “Lolazor” mahallasida (Polkushka) joylashgan 3 qavatli uyning buzilishi va o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylarning qurilishi boshlanganligi to‘g‘risidagi chiqishlarga Toshkent shahar hokimligi munosabat bildirdi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Lolazor” mahallasi hududida joylashgan 3 qavatli turar-joylarni buzish va o‘rniga ko‘p qavatli turar-joylarni qurish uchun Toshkent shahri hamda Mirobod tumani hokimligi tomonidan tadbirkorlarga berish to‘g‘risida hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Hokimligi huzurida o‘tkazilayotgan “Investor kuni” tadbiri doirasida tadbirkorlar tomonidan mazkur hududning ichki qismida joylashgan 2 qavatli, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lmagan 27/3, 27/3a, 27/3b, 27/3v, 27/4-sonli uylarni buzish va o‘rniga yangi turar-joy kompleksi qurish taklifi bildirilgan.
“Ko‘p qavatli turar-joylarni buzish bo‘yicha qaror qilish ushbu uylarda yashovchi aholining to‘liq roziligi olinganidan so‘nggina amalga oshiriladi va ushbu masalada fuqarolarimiz qonuniy huquqlari to‘liq kafolatlanadi”, - deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
18:45 / 25.04.2026
Biznes-ombudsman Toshkentning dizayn-kodi masalasida e’tiroz bildirdi
20:48 / 24.04.2026
Toshkentda avtobuslar uchun yana 16 ta yo‘nalish tashkil etilib, 70 ta yangi bekat quriladi
22:00 / 23.04.2026
Prezident Toshkentdagi Bog‘imaydon mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
20:12 / 23.04.2026